Kechki ovqatni isteʼmol qilmaslikning zararlari maʼlum boʻldi

Diyetologlar yotishdan 3-4 soat oldin ovqatlanishni tavsiya qiladi. 

Jamiyat
12-fevral, 13:11
Kechki ovqatni isteʼmol qilmaslikning zararlari maʼlum boʻldi

Kechki ovqatdan voz kechish yoki oʻtkazib yuborish ortiqcha vazn ortishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda diyetolog Oksana Panova maʼlumot berdi.

Panovaning soʻzlariga koʻra, kechki ovqat diyetaning muhim tarkibiy qismi boʻlib, normal metabolizmni taʼminlaydi.

"Kechki ovqatni toʻliq oʻtkazib yuborish vaqt oʻtishi bilan metabolizmni sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun siz nafaqat vazn yoʻqotmaysiz, balki ortiqcha vazn toʻplash xavfini ham tugʻdirasiz", deb taʼkidladi diyetolog.

Biroq, siz yotishdan oldin ovqatlanmasligingiz kerak. Diyetolog yotishdan 3-4 soat oldin ovqatlanishni yoki uxlashdan bir yarim soat oldin kichik tamaddi qilib olishni tavsiya qildi.

Avvalroq mutaxassislar nonushta, tushlik va kechki ovqat oʻrtasidagi intervallarga toʻgʻri rioya qilish diabet rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkinligini aytgandi. Unga koʻra, uyqudan turgach, bir soat ichida nonushta qilgan maʼqul. Shuningdek, nonushta, tushlik va kechki ovqat intervallari orasi juda uzayib ketmasligini lozim. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+