Jahon chempionati uchta hududda boʻladi

Kuzda Oʻzbekiston futzal boʻyicha dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi. 

Sport
12-fevral, 20:21
Jahon chempionati uchta hududda boʻladi

Joriy yilning 14 sentabr – 6 oktabr kunlari Oʻzbekiston futzal boʻyicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida oʻtkaziladigan bu galgi turnir FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilmoqda. Final bosqichida jami 24 jamoa gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Hozirga qadar mezbon Oʻzbekistondan tashqari yana 10 ta terma jamoa mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan, bular – Braziliya, Argentina, Venesuela, Paragvay, Portugaliya, Ispaniya, Qozogʻiston, Fransiya, Ukraina va Yangi Zelandiya.

Ilk musobaqa 1989 yilda Niderlandiyada boʻlib oʻtgan va unda Braziliya terma jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritgan. 

Amaldagi chempion Portugaliya boʻlib, jamoa 2021-yilgi turnir finalida Argentinani magʻlub etgan. Hozirga qadar 4 jamoa mundialda zafar quchgan – Braziliya (5 marta), Ispaniya (2 marta), Argentina (1 marta) va Portugaliya (1 marta). Mezbon terma jamoalar orasida faqatgina Braziliya (2008) oʻz uyida oʻtgan turnirda gʻolib boʻlishning uddasidan chiqqan.

Turnir tarixidagi eng yaxshi toʻpurar braziliyalik Falkao boʻlib, u 33 uchrashuvda 48 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+