Isroil Gʻazo janubiga hujum boshladi, yuzdan oshiq kishi halok boʻlgan

Janubda 1,3 milliondan oshiq falastinliklar ogʻir ahvolda qolmoqda. 

Jahon
12-fevral, 9:38
Isroil Gʻazo janubiga hujum boshladi, yuzdan oshiq kishi halok boʻlgan

Isroil qurolli kuchlari Gʻazo sektori janubidagi Rafah shahriga hujumlar boshladi. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar oqibatida 100 dan oshiq kishi halok boʻlgan, 230 kishi jarohat olgan. 

Hujumlar boshlanganda koʻp odamlar uxlab yotgan boʻlgani uchun kuchli portlashlar kuchli vahimaga sabab boʻldi. Isroil nafaqat samolyotlar, balki tanklar va kemalarni ham joylashtirdi. Agentliklarining aytishicha, Rafahga hujum halokatli boʻladi, chunki bu anklavdagi oxirgi nisbatan xavfsiz joy. Xalqaro gumanitar tashkilotlar maʼlumotlariga koʻra, bu shaharda oziq-ovqat va ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekayotgan 1,3 millionga yaqin falastinlik bor.

Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Rafahda boshpana oʻtkazayotgan tinch aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishonchli rejasiz harbiy operatsiya oʻtkazmaslikka chaqirgan edi.

Oʻtgan hafta Netanyaxu Gʻazo sektorida HAMAS taklif qilgan sulhni rad etdi va falastinlik qochqinlar yashaydigan Rafah shahriga hujum qilishni buyurdi.

Misr tomoni hujumlar oqibatida Isroil bilan 1978 yilda tuzilgan tinchlik shartnomasi (Kemp-Devid bitimi)ni bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qilgan. 

Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari Rafahdagi vaziyat sabab bayonotlar bilan chiqishdi. Ularda aytilishicha, Isroilning harakatlari hududda juda katta gumanitar falokatga sabab boʻladi. 

Oʻz navbatida HAMAS buning uchun javob berilishi va Isroilga qarshi hujumlar kuchaytirilishini maʼlum qildi. Avvalroq guruh Isroilga 135 kunlik sulh taklif etgandi.Isroil zarbalari ostida halok boʻlgan kishilar soni 28 ming nafardan oshib ketdi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+