Xorazm hokimi bezaklar va bannerlar uchun yarim milliard soʻm ajratdi
Pul mahalliy byudjetning erkin mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi.

Xorazmda turli tadbirlar uchn bezaklar, bannerlar va boshqa xarajatlar uchun 492 million 746 ming soʻm ajratildi. Viloyat hokimi Joʻrabek Rahimovning 9 fevral kuni tegishli farmoyishi eʼlon qilingan.
Hujjatda aytilishicha, mablagʻlar 2024 yil 1 yanvar holatiga koʻra, mahalliy byudjetning erkin mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Achilov zimmasiga yuklangan.
Avvalroq Toshkent shahar hokimi 2023 yil dekabr oyida "Oʻzekspomarkaz" milliy koʻrgazma markazida oʻtkazilgan Respublika tarmoqlararo yarmarkasi uchun 600 mln. soʻmga yaqin pul ajratgandi.