Toshkentda yoshlar uchun shou konsert boʻlib oʻtmoqda
Unda taniqli sanʼatkorlar qatnashdi.
Jamiyat
10-fevral 2024 yil
Bugun, 11 fevral kuni Olmazor tumanida joylashgan Gʻalaba bogʻidagi Amfiteatrda "Toshkent yoshlarni sevadi" shiori ostida estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida shou konsert dasturi boʻlib oʻtmoqda.
Dasturda qatnashayotgan mehmonlar:
- Jasmina
- Yorqinxoʻja Umarov
- Doston Ergashev
- Shoxruh Ergashev
- Elyor Meleboyev
- Shirin
- Mustafo
- Dilnoza Hakimova
- Shoxrux REP va boshqalar.
Bayram Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlangan.