Markaziy saylov komissiyasining 14 aʼzosi vakolati tugatildi
Bu haqda Senat yalpi majlisida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining 14 aʼzosi vakolati tugatildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining bugun, 10 fevraldagi yalpi majlisida maʼlum qilindi.
Markaziy saylov komissiyasining quyidagi aʼzolari vakolatlari tugatilmoqda:
Marinika Babanazarova;
Feruzaxon Ahmedova;
Suyarjon Qurbonqulov;
Shuhrat Sirojiddinov;
Iroda Kenjayeva;
Alisher Isoqboyev;
Orzigul Qozixonova;
Sherzodxon Qudratxoʻja;
Gulnoza Ismoilova;
Alisher Usmonqulov;
Orifjon Bozorov;
Shuhrat Joʻrayev;
Muyassar Qodirova;
Ergash Yusupov.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi etib Muxtabar Husanova (Qonunchilik palatasi deputati) va Xalmuxammed Paluaniyazov (MSK Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazi direktori) saylanishi kutilmoqda.