Oʻzbekistonda ilk bor MMA boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi

Turnir joriy yilning oktabrida oʻtkazilishi kutilmoqda. 

Sport
1-fevral, 11:44
Oʻzbekistonda ilk bor MMA boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi

Joriy yil Oʻzbekistonda ilk bor aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha jahon chempionati  boʻlib oʻtadi. Bu haqda Sport vazirligi maʼlum qildi. 

Boʻlajak tadbir sharafiga Toshkentda Xalqaro aralash yakkakurashlar federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun, sport vaziri oʻrinbosari Shahrillo Mahmudov, mudofaa vaziri oʻrinbosari Alisher Norboyev va  Oʻzbekiston  MOQ  aralash yakkakurashlar assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Sherzod Toshmatov ishtirokida anjuman boʻlib oʻtdi.

“Biz Toshkentni 2024 yilgi nufuzli aralash yakkakurashlar (IMMAF) jahon chempionati mezboni sifatida tanishtirganimizdan mamnunmiz va MMA hamjamiyatini Oʻzbekistondagi jahon chempionatida yigʻilishini intiqlik bilan kutamiz, – dedi  Kerrit Braun.

Anjumanda havaskorlar oʻrtasida MMA boʻyicha jahon chempionati ilk bor Oʻzbekistonda, 2024 yil oktabr oyida oʻtkazilishi rasman eʼlon qilindi. Qayd etish kerakki, bunday turnir Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkazilmoqda.

MMA (inglizcha, aralash jang sanʼati) - bu koʻplab texnikalarni oʻzida mujassam etgan jang sanʼati. MMA 20-asrda katta mashhurlikka erisha boshladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+