Ilon Mask 55,8 mlrd. dollardan quruq qoldi

Tesla direktorlar kengashining qarori sud tomonidan bekor qilingan. 

Jahon
1-fevral, 9:45
Ilon Mask 55,8 mlrd. dollardan quruq qoldi

AQShning Delaver shtati sudyasi  Tesla direktorlar kengashining  Ilon Maskga 55,8 milliard dollar toʻlashga qaror qilgan qarorini bekor qildi. Qaror 2018 yilda qabul qilingan. 

Pul Maskka kompaniya rahbariyatidagi ishi uchun haq sifatida berilishi kerak boʻlgandi. 

Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi yirik kompaniyaning  bosh direktori va eng yirik aksiyadori sifatida Mask bunday pulni olmaydi. Buning oʻrniga, uning tovon puli kompaniyaning asosiy koʻrsatkichlari, masalan, aksiyalar narxi va rentabellik bilan bogʻliq.

Maskka katta pul toʻlanishiga Teslaning kichik aksiyadorlaridan biri Richard Tornetta sudda eʼtiroz bildirgan, u atigi toʻqqizta aksiyaga ega.

Tornetta sudda toʻlovni bekor qilishni talab qildi, chunki uning soʻzlariga koʻra, aksiyadorlar Mask haqiqatan ham oʻz ishi bilan bunday katta summaga loyiqmi yoki yoʻqligi haqida yetarli maʼlumot olmagan.

Avvalroq Ilon Mask Neuralink kompaniyasi inson miyasiga birinchi implantni joylashtirganini xabar qilgandi. Bu insonga oʻz fikrlari bilan kompyuterni boshqarish imkonini beradi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+