platina.uz
Jahon

AQSh sobiq prezidenti 100 yoshida vafot etdi

Jimmi Karter 1977 yildan 1981 yilgacha davlat rahbari boʻlib ishlagan. Nobel mukofoti sovrindori. 

AQSh sobiq prezidenti 100 yoshida vafot etdi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshida vafot etdi.

AQShning 39-prezidenti, tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Jimmi Karter Jorjiya shtatida vafot etdi. Uning oʻlimi haqida oʻgʻli Jeyms Karter III bayonotiga asoslanib, The Washington Post nashri xabar berdi. Oʻlim sabablari maʼlum qilinmagan.

Karter 1977 yildan 1981 yilgacha davlat rahbari boʻlib ishlagan va isteʼfoga chiqqanidan keyin xayriya ishlarida qatnashgan, shuningdek, gumanitar loyihalarda ishtirok etgan.

Karter tinchlikparvar prezident sifatida mashhur boʻldi, chunki uning muddatida Isroil va Misr oʻrtasidagi Kemp Devid kelishuvi imzolandi. Karter 2002 yilda tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

U AQSh tarixidagi eng uzoq umr koʻrgan prezidentidir. Uning toʻrt farzandi, 11 nevarasi va 14 chevarasi bor.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va isteʼfodagi davlat rahbari Jo Bayden sobiq prezidentning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid