platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyadagi aviahalokat yuzasidan hamdardlik bildirdi

Muan shahrida roʻy bergan falokatda hozirgacha 176 kishi qurbon boʻlgani maʼlum. 

Siyosat
29-dekabr 2024 yil
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyadagi aviahalokat yuzasidan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreyaning Muan shahrida roʻy bergan aviahalokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokga taʼziya maktubi yoʻlladi.

Davlat rahbari Koreya xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Eslatib oʻtamiz, aviahalokatda vafot etganlar soni 176 nafarga yetgan, faqat ikki kishi tirik qolgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+