Magnus Karlsen jahon chempionatini mojaroli tarzda tark etdi
U musobaqalarga jinsi shimda kelgan va qoʻyilmagan. Bundan jahllangan shaxmatchi turnir bilan xayrlashdi.

Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen jinsi shim sabab AQShdagi turnirni tark etdi.
Shaxmatchi FIDEni turli qoidalar oʻrnatishda aybladi va blits boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.
28 dekabr kuni Karlsen kiyinish qoidalarini buzgani uchun Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadigan Jahon Rapid chempionatidan diskvalifikatsiya qilindi.
"Men xonaga borishga, kiyim almashtirishga zoʻrgʻa vaqt topdim, hatto jinsi haqida oʻylamagandim ham. Kiyimimni almashtirishim kerakligi haqida ogohlantirib, keyin jarimaga tortishdi. Men eca ertaga kiyim almashtiraman dedim. Oʻsha paytda nima boʻlayotganini tushunmadim, lekin hozir kiyim almashtirishim kerakligin talab qilishdi.
Hechqisi yoʻq, ular oʻz qoidalarini ishlab chiqishi mumkin, men bunga qarshi emasman. Mening javobim ajoyib, bu turnirdan ketaman", - degan Karlsen.
Freestyle Chess - biznesmen Yan Henrik Byuttner va Karlsen tomonidan yaratilgan turnirlar turkumi.
Oʻyinlar boshlanishidan oldin oq va qora piyodalar klassik tarzda, boshqa toshlar esa esa qurʼa boʻyicha joylashtiriladi.