platina.uz
Jamiyat

Andijonda 5 kishi konyakdan zaharlanib vafot etdi

Zaharlanganlarning jami soni 22 kishini tashkil etadi. Prokuratura jinoiy ish qoʻzgʻatdi. 

Andijonda 5 kishi konyakdan zaharlanib vafot etdi

Andijonda besh kishi konyakdan zaharlanib vvafot etdi.

2024 yil 22-26 dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Oʻzbekiston” nomli konyak spirtlik ichimlik isteʼmol qilganliklari oqibatida shifoxonaga oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid