platina.uz
Iqtisod

26 mlrd dollardan ziyod investitsiya kiritildi

Yalpi ichki mahsulot esa ilk bor 100 milliard dollardan oshdi.

26 mlrd dollardan ziyod investitsiya kiritildi

Tugayotgan yilda tadbirkorlarning soliq yuki kamaytirildi, ularga kredit berish tizimi yengillashtirildi, ortiqcha tekshirishlar toʻxtatib qoʻyildi. Natijada yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan oʻrta korxonalar 2 karra koʻpaydi. Aylanmasi 100 milliard soʻmdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp boʻldi.

Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Joriy yil olti oyda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmi oʻtgan yilga nisbatan 2 karra oʻsib, 14 milliard dollarga yetdi.

Hukumat tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga qaraganda, birgina 2024 yilning oʻtgan 10 oyida mamlakatimizga 26 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya kiritilgan. Bu – oʻtgan yilga nisbatan 1,7 barobar koʻp. Shundan qariyb 24 milliard dollari toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalardir.

Kiritilgan investitsiyalar hisobiga 6 ming 300 ta korxona ishga tushgan, ular 30 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratgan, eksport 305 million dollarga oshgan. Eng muhimi, bularning natijasida 163 mingta yuqori daromadli ish oʻrni ochilgan. Noyabr-dekabr oylarida yana 8,6 milliard dollar investitsiya kelishi kutilmoqda.

Mikro-biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha katta amaliy ishlar qilindi. Dasturlar orqali mikro-biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga har yili 1 milliard dollardan ziyod mablagʻ yoʻnaltiryapti. Natijada bugun har bir mahallada kamida 40-50 nafar yangi tadbirkor paydo boʻlib, minglab doimiy ish oʻrinlari yaratilmoqda.

Bundan tashqari, "Mikrokreditbank" ham oʻzining mikromoliya tashkilotlari orqali yil yakunigacha yana 1 trillion soʻm jalb qiladi. Ustav kapitali kamida 50 milliard soʻm boʻlgan mikromoliya banklari tashkil etish mumkin boʻladi. Ushbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid