Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilish rasman taqiqlandi
Mamlakat prezidenti Vladimir Putin bu haqda tegishli qonunni imzoladi.

Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilish rasman taqiqlandi.
Mamlakat prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini maktablarda oʻqishini taqiqlaydigan qonunni imzoladi.
Tegishli hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida eʼlon qilindi. Bu ota-onasi mamlakatda noqonuniy boʻlgan bolalarga ham taʼsir qiladi.
Qonun 2025 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin birinchi marta iyul oyida migrantlar bolalari uchun til imtihonini joriy etish va soʻng maktabga qabul qilish shartini qoʻyishni taklif etgandi.
Kuzning oxirida Davlat Dumasiga ushbu qonun loyihasi yuborildi. Deputatlar uni 10 dekabr kuni birinchi oʻqishda qabul qildilar. 11 dekabr kuni ikkinchi va uchinchi oʻqishda qonun rasman tasdiqlandi.