platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda nogironligi bor bolalar uchun bayram uyushtirildi

Ehtiyojmand, yolgʻiz yashovchi, nogironligi bor va boquvchisini yoʻqotgan oilalar esa koʻmir, isitish pechlari va oziq-ovqatlar bilan taʼminlandi. 

Qashqadaryoda nogironligi bor bolalar uchun bayram uyushtirildi

Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash maqsadida xayrli ishlarga qoʻl urilmoqda.

Xususan, Yangi yil bayrami arafasida Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi va viloyat hokimligi hamkorligida barcha tuman-shahardagi nogironligi bois uyida taʼlim olayotgan 200 nafarga yaqin bolalar Qarshi shahridagi Qoʻgʻirchoq teatriga olib kelinib, ularga teatr tomoshalari, bayram konsert dasturlari tashkil etib berildi.

Tadbirda bolajonlarga bayram sovgʻalari ham ulashildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi ehtiyojmand, yakka yolgʻiz yashovchi, nogironligi bor va boquvchisini yoʻqotgan 100 ga yaqin murojaatchilar oilalariga 0,5 tonnadan koʻmir, isitish pechlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bunday amallar barcha hududlarda davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid