Putin Ilhom Aliyevdan uzr soʻradi
Rossiya tomoni tashabbusi bilan uyushtirilgan suhbatda Aqtauda qulagan samolyot masalasi koʻtarilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon havo yoʻllari samolyoti halokati sabab Ilhom Aliyevdan uzr soʻradi.
Kreml bayonotida aytilishicha, telefon suhbati Rossiya tomonining tashabbusi bilan boʻlib oʻtgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan "fojiali voqea Rossiya havo hududida yuz bergani uchun" uzr soʻragan. U suhbatda Rossiya havo mudofaasi ishini eslatib oʻtdi, biroq bu samolyot halokatiga sabab boʻlganini toʻliq olmagan.
"Ozarbayjon yoʻlovchi samolyoti qatʼiy belgilangan jadval boʻyicha Grozniy aeroportiga bir necha bor qoʻnishga uringan. Ayni paytda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan hujumga uchragan va Rossiya havo mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargan", — deyiladi Kreml saytidagi xabarda.
Embraer 190 samolyoti 25 dekabr Aqtau aeroportidan uch kilometr uzoqlikda qulab tushdi. Samolyot bortidagi 67 kishidan 38 nafari halok boʻlgan, 29 nafari tirik qolgan.
Hozirda Ozarbayjon Bosh prokuraturasining ikki xodimi Grozniyda boʻlib turibdi. Ular Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi va Tergov qoʻmitasi vakillari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.