platina.uz
Jamiyat

Prezident Yangi Toshkent hududini aylandi

Yangi shaharda tegishli vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun qurilayotgan vaqtinchalik binolar koʻzdan kechirildi. 

Prezident Yangi Toshkent hududini aylandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishmoqda.

Ushbu yangi shaharga 2023 yil 18 mart kuni tamal toshi qoʻyilgan edi. Shu munosabat bilan oʻtgan marosimda davlatimiz rahbari u “yashil shahar” boʻlishini aytgan edi. Bu havo va suv tozaligi, muqobil energiya manbalari, daraxtzorlar koʻpligi kabi maqsadlarni oʻz ichiga oladi. “Toshkentning yashil belbogʻi” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda Markaziy bogʻ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.

Buning uchun ish hozirdan boshlanib, 50 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etilgan. Prezident shu yerda boʻlib, navnihollarni koʻzdan kechirdi. Boʻlajak daraxtzorlarning landshaft dizayni, sugʻorish va parvarishlash tizimi haqida maʼlumot berildi.

Prezident Yangi Toshkent hududini aylandi

Hozirda keyinchalik koʻchirib oʻtkazish uchun 27 ming tup manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan. Shuningdek, issiqxona, qozonxona, koʻchatlarni saqlash va sugʻorish tizimlari barpo etilgan.

Yangi shaharda tegishli vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun vaqtinchalik maʼmuriy binolar qurilmoqda. Prezident ulardagi sharoitlar bilan ham tanishdi.

Hozirda yengil konstruksiyalardan 4 ta bino va yordamchi inshootlar barpo etilgan. Bunda toʻliq mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Ofislar “open space” uslubida boʻlib, har birida 250 nafargacha xodim faoliyat yuritishi mumkin.

Prezident Yangi Toshkent hududini aylandi

Bu vazirlik va idoralar ishini bosqichma-bosqich shu yerda tashkillashtirish imkonini berib, Toshkentdagi tirbandlikni kamaytirishga ham xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid