Gruziyada hukmron partiya asoschisi AQSh sanksiyasiga uchradi
Milliarder Bidzina Ivanishvili Gruziyada gʻalayonlarga sabab boʻlayotgan rossiyaparast siyosatning rahnamosi sifatida koʻriladi.

AQSh gruziyalik milliarder Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar kiritdi.
AQShning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) uni Rossiyaga aloqadorlik sabab sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi.
Ushbu sanksiyalarga koʻra, "Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya" partiyasi asoschisining AQSh yurisdiksiyasi ostidagi barcha aktivlari muzlatiladi.
AQSh Ivanishvilini "Rossiya Federatsiyasi manfaatlari yoʻlida Gruziyaning demokratik va Yevroatlantika kelajagiga putur yetkazganlikda" aybdorlikda ayblamoqda. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken gapirib oʻtgan.
Avvalroq Qoʻshma Shtatlar 20 nafar Gruziya fuqarosiga, jumladan, hukumat aʼzolari, parlament aʼzolari va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilgan edi. 5 dekabr kuni Ukraina 19 nafar Gruziya fuqarosiga, jumladan Ivanishvili, bosh vazir Irakliy Kobaxidze va Tbilisi meri Kaxa Kaladzega qarshi ham sanksiya kiritdi.