Yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati baholanadi
Transport vazirligi tomonidan xizmatlar sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi.

Endi yoʻlovchi tashish transportlari reytingi baholanadi. Hukumat qarori bilan Avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi.
Metodika quyidagilarni nazarda tutadi:
-hududlarning jamoat transporti bilan taʼminlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini belgilash;
-hududlarning jamoat transporti bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash;
-avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash;
-avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglarini belgilash.
Shuningdek:
-ikki yilda bir marta 1 fevralgacha Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi;
-avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KRI)ni aniqlashda hisobga olinadi.
Transport vazirligi:
-2025 yil 1 noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi;
-2025 yil 10 noyabrgacha baholash natijalariga koʻra aholiga transport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha respublika shaharlarining reytingi eʼlon qilinadi.