platina.uz
Jamiyat

Yanvar oyidagi ehtimoliy ob-havo eʼlon qilindi

Oyning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi boʻyicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.

Yanvar oyidagi ehtimoliy ob-havo eʼlon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati yanvar oyidagi ehtimoliy ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Bu yil yanvar oyining birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi boʻyicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.

Havo harorati yanvar oyi boshi uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlib, kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq boʻladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 3-8daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 10-12 daraja sovuqqacha, shimolda 17-20 daraja sovuqqacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.

Oyning ayrim kunlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid