Ozarbayjon va Qozogʻiston aviakompaniyalari Rossiyaga parvozlarni cheklamoqda
Azerbaijan Airlanes cheklovlari Mineral suvlar, Sochi, Volgograd, Ufa, Samara, Grozniy va Maxachqalʼa reyslarga taalluqlidir.

Samolyoti Grozniyga qoʻna olmagan va Qozogʻistonning Aqtau shahrida halokatga uchragan Ozarbayjon havo yoʻllari 28 dekabrdan boshlab Rossiyaning yetti shahriga parvozlarni toʻxtatganini maʼlum qildi.
Cheklovlar Mineral suvlar, Sochi, Volgograd, Ufa, Samara, Grozniy va Maxachqalʼa reyslarga taalluqlidir, deb yozadi RBK.
Ozarbayjon aviakompaniyasining aniqlik kiritishicha, u Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Astraxan, Yekaterinburg va Novosibirskga parvozlarni davom ettiradi.
Shuningdek, Qazaq Air kompaniyasi Yekaterinburgga parvozlarni toʻxtatdi.
Shu bilan birga, aviatashuvchining Omsk va Novosibirskka parvozlari saqlanib qolmoqda, chunki ular belgilangan xavfsizlik mezonlariga javob beradi, deya tushuntirdi aviakompaniya.
"Kompaniya 2024 yil 28 dekabrdan 2025 yil 27 yanvargacha Ostona – Yekaterinburg yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni vaqtincha toʻxtatishga majbur. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga parvozlar xatarlarini baholash natijalariga koʻra parvozlar toʻxtatildi”, — deya xabar beradi Qazaq Air.
Bekor qilingan reyslarda yoʻlovchilarga toʻlovni toʻliq qaytarib olish yoki bepul qayta bron qilish taklif etiladi.
Avvalroq Isroil aviakompaniyasi Moskvaga parvozlarni toʻxtatgandi.