Komil Allamjonovga suiqasd boʻyicha ikki rossiyalik qidiruvga berildi
Ular qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda oʻqotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.

Bosh prokuratura Rossiyaning ikki fuqarosiga qidiruv eʼlon qilinganini maʼlum qildi.
Bosh prokuratura tomonidan Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bogʻliq jinoyat ishi doirasida Rossiya fuqarolari Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovlar qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda oʻqotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlangan.
B.Rasayev va Sh.Temirxanovlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan holda qidiruv eʼlon qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 26 oktabr kuni Toshkentda qurolli hujum sodir boʻlgandi.