Isroil aviakompaniyasi Moskvaga parvozlarni toʻxtatdi
Bunga Grozniyga uchayotgan Ozarbayjon samolyotining halokati sabab boʻlgan.

Isroil aviakompaniyasi Aqtau yaqinidagi samolyot halokatidan keyin Moskvaga parvozlarni toʻxtatdi.
Isroilning El Al aviakompaniyasi "Rossiya havo hududidagi voqealar" sababli Tel-Aviv-Moskva yoʻnalishidagi barcha reyslarni kelasi haftagacha toʻxtatdi, deb xabar bermoqda RBK.
Aviakompaniya bayonotini Isroil OAVlari eʼlon qildi.
Unda aytilishicha, bu qaror Bokudan Grozniyga uchayotgan Ozarbayjon aviakompaniyasining Embraer 190 samolyoti Qozogʻistonda halokatga uchraganidan keyin qabul qilingan.
Euronews va boshqa nashrlar samolyot halokatiga Rossiya raketasi sabab boʻlganini yozmoqda.