Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari vafot etdi
Avazbek Ergashev Qoʻrgʻontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi.
U mazkur lavozimga 2023 yilda tayinlangandi. Ammo keyinroq sogʻligida muammolar tufayli davolanishda edi.
Ergashev Avazbek 1966 yil Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Qoʻrgʻontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktorining oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.