Yangi yilni yana qorsiz kutib olishimiz mumkin
Gidrometeorologiya xizmati agentligi bayram kunlari uchun ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Bu yil ham Oʻzbekiston aholisi Yangi yilni yogʻingarchiliksiz (qorsiz) ob-havo bilan kutib oladi.
"Oʻzgidromet" bayram kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
30 dekabrda respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda va 31 dekabrga oʻtar kechasi Toshkent viloyatining ayrim joylarida yogʻingarchilik kuzatiladi, lekin tekislik hududlarda yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi.
Faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda, shuningdek, respublika shimolida baʼzi joylarda yogʻingarchilik qor koʻrinishida boʻlishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida 31 dekabrda kunduz kuni va 1 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
30-31 dekabr va 1 yanvarda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda 12 daraja iliqqacha boʻladi.
Shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq boʻladi.