Toshkent shahrining 2045 yilgacha moʻljallangan bosh rejasi tasdiqlandi
Aholi punktlari konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratiladi. Rejada shahar aholisi 7,4 mln kishigacha moʻljallanmoqda.

Toshkent shahrining 2045 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida aholi punktlari konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratiladi.
Bosh rejaning asosiy koʻrsatkichlarini ifodalovchi xaritalar Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida joylashtiriladi. Toshkent shahar hokimligi uch oy muddat ichida bosh rejaning 2045 yilgacha boʻlgan bosh rejasini amalga oshirish uchun kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Qarorni nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov va Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov zimmasiga yuklangan.
Bosh rejaning asosiy koʻrsatkichlariga koʻra, shahar hududi 43 873 gektar, aholisi 3 mln kishidan 7,4 mln kishigacha boʻlishi belgilangan. Shahar hududi beshta funksional hududlarga boʻlinadi. Bular turarjoy, jamoat binolari, sanoat hududlari va boshqalar kiradi. Bosh reja ikki bosqichda (birinchisi 2030 yilgacha, ikkinchisi 2045 yilgacha) amalga oshiriladi.
Bosh rejaga muvofiq 10 ming gektar qoʻshimcha yashil hududlar va 15 ming gektarlik "yashil belbogʻ" barpo etiladi.