Sirdaryoda xorijiy korxonaning katta qarzi qayta hisob-kitob qilindi
Toshkentda esa fuqaroga elektrdan 14 mln soʻm yozilgan qarz bekor qilingan.

Oʻzbekiston boʻylab elektr boʻyicha aholi muammolari hal etildi. Raqobat qoʻmitasi elektr energiya sohasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish borasida ishlar olib bormoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida faoliyat olib boruvchi “NEW YORK CENTER CO” MChJ xorijiy korxonasi rahbarinig elektr taminoti korxonasi xodimlari tomonidan korxonada energoaudit tekshiruvi oʻtkazilgan boʻlib, mazkur tekshiruv xulosalalariga koʻra elektr taminotidan 370 mln soʻmga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi va natijada ortiqcha toʻlovlar olinganligi malum qilinib, ushbu qarzdorlikni qonun doirasida qayta koʻrib chiqilishida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan hududiy boshqarma olib borgan oʻrganishlari natijasida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali tomonidan “NEW YORK CENTER CO” MChJ XKga nisbatan asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.
Toshkent shahar misolida
Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning, elektr taʼminotidan asossiz ravishda 14 000 000 soʻm qarzdorlik mavjudligi haqida murojaati kelib tushdi.
Mazkur holatlarga aniqlik kiritish maqsadida, hududiy boshqarma tomonidan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Toshkent shahar boʻlinmasini jalb etgan holda oʻrganib chiqildi.
Natijada, isteʼmolchiga asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.
Buxoro viloyati misolida
Fuqaro elektr energiya simlari taʼmirtalab darajadaligi elektr energiya simlari uzilib qisqa tutashuv sodir boʻlayotganligi, bu haqda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga bir necha marotaba murojaat qilinganligi, biroq elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan murojaat hal etilmayotganligdan norozi boʻlib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarman olib borilgan say-harakatlari natijasida, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan murojaat ijobiy hal etilishi taʼminlandi.
Jizzax viloyati misolida
Zomin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan dalolatnoma asosida notoʻgʻri qoʻllanilgan qoidabuzarlik natijasida kelib chiqqan 2 500 000 soʻm qarzdorlikni bartaraf etilishida amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan murojaatni oʻrganish natijasida, fuqaro foydasiga 2 mln soʻmga yaqin asossiz hisoblangan qarzdorlik bartaraf etilishiga erishildi.
Andijon viloyati misolida
Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchining yashash xonadoniga elektr tayanch simyogʻochining sifatsizligi yuzasidan murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi tomonidan taʼmirlatib berilishi taʼminlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida
Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro R.Axmedovdan elektr energiyasi kuchlanishi ertalab va kechqurun 150 -160 kVt, tushlik payti 180-190 kVt boʻlib qolayotganligi sababli, elektr energiya kuchlanishini bir meʼyorda berilishi boʻyicha amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaatida keltirilgan masala yuzasidan Qoʻmita xodimlarining say-harakatlari natijasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Amudaryo TET 35/10 kVtli Qilichboy stansiyasidan chiquvchi “Qilichboy” fideriga ulangan №269-sonli quvvati 400 kVt boʻlgan transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan taʼminlangan boʻlib, elektr energiya sifatini yaxshilash maqsadida transformatorlar punktidan chiquvchi 0.4 kVtli tarmoqlarning fazalararo yuklamasini teng taqsimlash ishlari olib borilib, 0.4 kVt elektr energiya uzatish liniyalari taʼmirlanib, kamchiliklar bartaraf etildi va fuqaroning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi.
Toshkent viloyati misolida
Yangiyoʻl va Zangiota tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolari xonadonlarida elektr energiyasinig kuchlanishi juda pastligi, 20 Vtga tushib ketayotganligidan norozilik bildirib, hududiy boshqarmaga murojaat yoʻllagan.
Hududiy boshqarma olib borgan oʻrganishlar natijasida, mazkur holatlar oʻz tasdigʻini topib, Hududiy elektr tarmoqlarining tuman boʻlinmalari uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlanishiga erishildi.
Fargʻona viloyati misolida
Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro Q.Mning yashash xonadonida elektr quvvati juda pastligi, 140 kVt dan oshmayotganligidan norozi boʻlgani, M.R. xonadonida elektr hisoblagich yuzaga kelgan qisqa tutashuv sababli kuyib qolgani sababli taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va A.N.elektr taʼminoti korxonasi tomonidan shaxsiy hisob raqam ochib berish toʻgʻrisidagi murojaati tegishli tashkilot tomonidan eʼtiborsiz qoldirilayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaatlari hududiy boshqarma tomonidan yuqoridagi isteʼmolchilarning buzilgan huquqlari himoya qilinishi taʼminlandi.
Samarqand viloyat misolida
Fuqaro A.Axadov yaqinda uy sotib olganligi hamda olgan vaqtida kommunal toʻlov(elektr energiya)dan qarzi yuqligi maʼlum boʻlsada kommunal toʻlov(elektr energiya)dan 1 oy vaqt oʻtib 10 mln soʻm asossiz qarzdorlik mavjud ekanligidan norozi boʻlib murojaat qilgan.
Hududiy boshqarmaning oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Samarqand viloyat hududiy filialiga kerakli huquqiy tushuntirishlar berildi va isteʼmolchining asossiz qarzdorlik bekor qilinishi taʼminlandi.
Navoiy viloyati misolida
Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro T.S. xonadonida issiqlik tizimi yoʻqligi sababli ushbu xizmat uchun toʻlovlarni toʻlamaganligi sababli xizmat koʻrsatuvchi professional boshqaruv kompaniyasi (shirkat) tomonidan xonadoni elektr taʼminotidan uzib qoʻyilganligidan norozi boʻlib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarmaning oʻrganib chiqishi natijasida koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi “NAVOI COMFORT CITY PBK” MChJ tomonidan fuqaroning xonadonidagi elektr taʼminoti noqonuniy uzib qoʻyilganligi aniqlandi va qayta ulab berilishi taʼminlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga nisbatan, qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.