Qashqadaryo yoʻllariga 15 ta yangi radar qoʻyiladi
Dehqonobod va Kitob tumanlari hududidan oʻtgan M-39 yoʻlida beshta qurilma oʻrnatiladi.

Qashqadaryo viloyati yoʻllarida 15 yangi radar oʻrnatiladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimovning yoʻl harakatini raqamlashtirish, yoʻllarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi foto va videoqurilmalarni oʻrnatish boʻyicha farmoyishi eʼlon qilindi.
Unga koʻra viloyat yoʻllarida 15 ta radar qurilmalari oʻrnatiladi. Yoʻllarda ushbu komplekslarni oʻrnatish boʻyicha maxsus ishchi guruh tuzilgan va 11 kishi kiritilgan.
Farmoyishning 2-ilovasida radarlar oʻrnatiladigan hududlar maʼlui qilingan.
Jumladan, Dehqonobod tumanida, M-39 yoʻlida uchta qurilma, Kitob tumanida ikkita qurilma oʻrnatiladi.
Koson tumanida A-380 yoʻlida 2ta, Koʻkdala tumanida A-378 yoʻlida 2ta radar oʻrnatiladi. Shuningdek, Qamashi, Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlarida ham radarlar oʻrnatiladi.
Shuningdek, farmoyish bilan raqamlashtirish tasdiqlangan chorrahalar roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatdan 68 chorraha oʻrin olgan boʻlib, ular 2 bosqichda raqamlashtiriladi.