platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida yashirin tunnel aniqlandi

Uning uzunligi salkam yarim kilometrni tashkil etib, katta miqdorda neft mahsulotlari tashilgan. 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida yashirin tunnel aniqlandi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida yashirin tunnel aniqlandi.

Unda Qozogʻistondan kontrabandachilar yoqilgʻi-moylash materiallarini noqonuniy eksport qilishgan.

Tunnel uzunligi 450 metrni tashkil etdi. Har kuni u orqali 5-7 tonna neft mahsulotlari tashilgan, deya xabar beradi Turkiston viloyati prokuraturasi.

Qozogʻiston prokuraturasi, iqtisodiy tergov boʻlimi va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari jinoiy guruhning barcha aʼzolarini aniqlashdi.

Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan ham shunday tadbirlar oʻtkazildi. Barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan. Eksport qilinadigan yoqilgʻi uchun mablagʻlarni oʻtkazish sxemasi ham fosh qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid