platina.uz
Jahon

Isroil hujumi oqibatida birdaniga besh jurnalist halok boʻldi

Halok boʻlganlar Quds News Network telekanali xodimlaridir. 

Isroil hujumi oqibatida birdaniga besh jurnalist halok boʻldi

Gʻazo sektorida Isroil harbiylarining hujumi oqibatida kamida besh nafar falastinlik jurnalist halok boʻldi. Bu haqda "Al-Jazira" telekanali xabar berdi.

Teleradiokompaniyaning veb-saytida eʼlon qilingan xabarda, Isroil armiyasi Quds News Network telekanali uchun sunʼiy yoʻldosh orqali koʻrsatuvlar olib borgan mashinaga hujum qilgani koʻrsatilgan.

Jurnalistlar Nuseyrat qochqinlar lageridagi Al-Avda shifoxonasi darvozasi oldida turgan.

Telekanal oʻzining kamida besh nafar xodimi – Fadi Hassouna, Ibrohim al-Shayx Ali, Muhammad al-Lada, Faysal Abu al-Kumsan va Ayman al-Jadiy halok boʻlganini tasdiqladi.

Avvalroq Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi (CPJ) bosh direktori Jodi Ginsberg 2024 yilda dunyoda kamida 95 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok boʻlganini maʼlum qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid