platina.uz

Sherobod sement zavodiga belgilangan 1 mlrd soʻmga yaqin qarzdorlik bekor qilindi

"Hududgaz Surxondaryo" tomonidan tariflarni xisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan hamda oldindan toʻlangan mablagʻlar inobatga olinmagan. 

Jamiyat
25-dekabr 2024 yil
Sherobod sement zavodiga belgilangan 1 mlrd soʻmga yaqin qarzdorlik bekor qilindi

"Sherobod sement zavodi" MChJga belgilangan 1 mlrd qarzdorlik bekor qilindi.

Raqobat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yilning oktabr oyida “Sherobod sement zavodi” MChJning murojaati kelib tushgan.

Ushbu murojaatda "Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminoti filiali tomonidan “Sherobod sement zavodi” MChJga tarif rejalarini hisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi hamda oldindan toʻlangan mablagʻlar inobatga olinmaganligi, shu sababli asossiz qarzdorlik hisoblanganligi keltirib oʻtilgan.

Oʻrganish jarayonida, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan 2022 yil iyul va avgust oylarida gaz uchun qoʻllanilgan tarif (narx)lar notoʻgʻri hisoblanganligi aniqlandi.

"Sherobod sement zavodi" MChJ 2022 yil 3 avgustgacha “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ tarkibiga kirgan. Ushbu vaqtda gaz taʼminotiga oldindan toʻlov qilinganligi hamda “Sherobod sement zavodi” 2022 yilda MChJ sifatida ajralib chiqqandan soʻng 2022 yil avgust oyi uchun eski tarif rejasi boʻyicha bir metr kub uchun 1300 soʻm yechib olinganligi aniqlandi. Aslida esa MChJ uchun bir metr kub gaz 1000 soʻm etib belgilangan. Shu sababli tadbirkorlik subʼektiga ortiqcha 1 mlrd soʻmga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.

Natijada, mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialiga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, asossiz hisoblangan mablagʻni “Sherobod sement zavodi” MChJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish toʻgʻrisida qaror va koʻrsatmalar berilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+