Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi
Qozogʻistonda roʻy bergan aviahalokatda oʻnlab odamlar halok boʻlgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Oʻzbekiston prezidenti Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozogʻistonning Aqtau shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yoʻllari"ning yoʻlovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik yoʻlladi.
Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishlarini tiladi.
Eslatib oʻtamiz, 25 dekabr kuni Bakudan Grozniyga uchgan samolyot Aqtau yaqinida quladi.
Hozirda tirik qolganlar soni 30 nafardan oshgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Samolyot bortida Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari boʻlgan.