platina.uz

Oʻzbekiston 1 yanvardan BRIKSga hamkor davlat maqomini oladi

 Yangi hamkor davlatlar roʻyxatida Qozogʻiston, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Kuba, Malayziya, Tailand va Uganda kabi davlatlar ham bor. 

Siyosat
25-dekabr 2024 yil
Oʻzbekiston 1 yanvardan BRIKSga hamkor davlat maqomini oladi

2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston va Qozogʻiston rasman BRIKS boʻyicha hamkor davlatlar maqomini oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston va Qozogʻistondan tashqari BRIKS boʻyicha yangi hamkor davlatlar roʻyxatiga Belarus, Boliviya, Indoneziya, Kuba, Malayziya, Tailand va Uganda kiritilgan. Hammasi boʻlib 13 ta davlatga taklifnomalar yuborilgan, Rossiya esa yana toʻrtta davlatdan javob kutmoqda.

BRIKS boʻyicha hamkor davlatlar toifasini yaratish toʻgʻrisidagi qaror 2024 yil oktabr oyida Qozonda boʻlib oʻtgan sammitda qabul qilingan edi.

Ushakovning soʻzlariga koʻra, sammit arafasida assotsiatsiyaga u yoki bu maqomda oʻz faoliyatiga qoʻshilish uchun 35 davlatdan arizalar kelib tushgan.

Hamkor mamlakatlar vakillari BRIKS sammitlari va tashqi ishlar vazirlari yigʻilishlari doirasidagi yakka tartibda uchrashuvlarga, shuningdek, assotsiatsiyaning boshqa tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif etiladi.

BRIKS - toʻqqiz davlat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr va Efiopiyadan tashkil topgan. Tashkilot 2006 yil iyun oyida tashkil etilgan. Blokning soʻnggi kengayishi 2024 yil 1 yanvarda sodir boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+