Gʻayrat Yuldashev "Oʻzbekneftgaz" raisiga oʻrinbosar boʻldi
Bu haqdagi qaror 23 dekabr kuni imzolangan.

23 dekabr kuni Yuldashev Gʻayrat Abdullayevich "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisining qurilish va transport boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qarorda qayd etilishicha, Yuldashev bilan mehnat shartnomasi 3 yil muddatga tuzilgan.
Eslatib oʻtish kerak, "Oʻzbekneftgaz" raisining boshqa bir oʻrinbosari Odil Temirov "Oʻzkimyosanoat" raisi etib tayinlangandi.