Yangi yil bayramida ketma-ket 6 kun dam olish beriladi
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi.

Yangi yil bayramida ketma-ket 6 kun dam olish berilmoqda.
"Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida" gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
-28 dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
-29 dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
-30 dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
-31 dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
-1 yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
-2 yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.