platina.uz
Jahon

Turkiyadagi zavodda portlash sabab 12 kishi halok boʻldi

Ushbu inshootda ov va sport uchun moʻljallangan oʻq-dorilar, fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarilgan. 

Turkiyadagi zavodda portlash sabab 12 kishi halok boʻldi

Turkiyada portlovchi moddalar zavodida yuz bergan portlashda 12 kishi halok boʻldi.

Yana kamida uch kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda CNN Turk mahalliy hokimiyat maʼlumotiga asoslanib.

Portlash sabablari hozircha maʼlum emas, biroq, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, diversiya haqida gap yoʻq.

Turkiya Adliya vazirligi rahbari Yilmaz Tunch voqea yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani, tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

“Balikesir prokuraturasi voqea yuzasidan keng qamrovli tergov olib bormoqda. Uni olib borish uchun toʻrt nafar prokuror jalb etildi”, — deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmogʻida.

Zavod Balikesir viloyatida joylashgan. Portlash mahalliy vaqt bilan 8:25 da sodir boʻlgan. Zavodning portlash sodir boʻlgan qismi qulab tushdi.

Kompaniya veb-saytiga koʻra, zavod boshqa narsalar qatorida oʻq-dorilar, jumladan, ov va sport uchun moʻljallangan oʻq-dorilar, fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun portlovchi moddalar ishlab chiqaradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid