platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Prezident Sankt-Peterburg shahrida MDH va YeOII sammitlarida ishtirok etadi. 

Siyosat
24-dekabr 2024 yil
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan ushbu mamlakatga boradi.

Prezident 25-26 dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan MDH va YeOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.

Mamlakat yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Sammitlar kun tartibidan mazkur koʻp tomonlama birlashmalar doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Birgalikda qilingan ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiladi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+