Quvondiq Sanaqulov Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi raisi etib saylandi
Sanaqulov "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" bosh direktori lavozimida ham ishlab kelmoqda.

Quvondiq Sanaqulov Oʻzbekiston Gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida mamlakat gandbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejasi koʻrib chiqildi.
Tadbirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning bosh direktori, "Oʻzbekiston Qahramoni" Sanaqulov Quvondiq Sanoqulovich nomzodi Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi.
Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan maʼqullashdi va Quvondiq Sanaqulov mamlakat gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Sanaqulov 2015 yilda "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor boʻlgan.
Yigʻilish davomida Oʻzbekiston gandbol federatsiyasining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejasi ham koʻrib chiqildi.