Bill Klinton shifoxonaga yotqizildi
Ayni paytda 78 yoshni qarshilagan siyosatchi 1993-2001 yillarda AQShni boshqargan.

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton yuqori isitma bilan Vashingtondagi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda NBC News.
78 yoshli Klinton test va kuzatuv uchun MedStar Jorjtaun universiteti shifoxonasiga yuborildi, dedi sobiq prezident maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Anxel Urenya.
"Uning kayfiyati yaxshi va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik uchun minnatdor", - deya qoʻshimcha qildi u.
Klintonga yaqin NBC manbasining aytishicha, shifoxonaga yotqizish favqulodda holat emas.
“Sobiq prezident bilan hammasi yaxshi boʻladi. Uning isitmasi koʻtarilganda, tekshiruvdan oʻtishni xohladi. U ongli va kuchga toʻla", deyiladi xabarda.
Bill Klinton 1946 yilda tugʻilgan, u 1993-2001 yillarda AQShni boshqargan.




