Aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
U "Sevginator", "Masxaraboz"," Vasiyat", "Oʻzimdan oʻzimgacha" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.

Oʻzbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Shafoat Rahmatullayeva 1941 yilning 4 yanvarida Qoʻqon shahrida dunyoga kelgan. U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.
Jumladan, aktrisa "Sevginator", "Masxaraboz", "Oʻzimdan oʻzimgacha" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.