TASHKENT CHESS: Toshkent shahar hokimi kubogi gʻoliblari taqdirlandi
Poytaxtda shaxmat boʻyicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqalari oʻtkazildi. Unda 400 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi.

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli shaxmat musobaqasida ishtirokchilar yosh kategoriyalari, “Chellengers” va “Masters” turnirlarida oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.



Musobaqaning asosiy – “Masters” turniri boʻyicha gʻoliblar:
1-oʻrin: Adhiban Baskaran – 100 million soʻm
2-oʻrin: Garayev Timur – 50 million soʻm
3-oʻrin: Utegaliyev Azamat – 25 million soʻm
Mukofotlarni shaxsan poytaxt hokimi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining Toshkent shahar boʻlimi raisi Shavkat Umurzakov topshirdi.



Bunday musobaqalar nafaqat shaxmat rivojiga xizmat qiladi, balki yosh avlodning aqliy salohiyatini oshirish va shaxmatga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.