Qurilishda ishlovchilar ish joyiga vaqtincha propiska qilinadi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ishchilarning shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.

Qurilish obʼektlarida ishlash maqsadida kelgan shaxslar mazkur joylarda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarori (868-son, 21.12.2024 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish obʼektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obʼektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obʼektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qatʼiy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini taʼminlaydi.