platina.uz
Sport

Mudofaa vaziri Oʻq otish federatsiyasi raisi boʻldi

Federatsiyaning asosiy eʼtibori Los-Anjelesda oʻtadigan olimpiada oʻyinlariga litsenziyalarni va sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishga qaratiladi. 

Mudofaa vaziri Oʻq otish federatsiyasi raisi boʻldi

Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov Oʻq otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi majlislar zalida oʻtgan federatsiyaning navbatdan tashqari konferensiyasida mudofaa vaziridan tashqari sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va boshqa rasmiylar qatnashdi.

Yigʻilishda:

  • aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning sport bilan shugʻullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • oʻq otish sport turini yanada rivojlantirish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Federatsiya amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Federatsiya raisi hududlarda zamonaviy infratuzilmaga ega va zamon talablariga mos jihozlar bilan taʼminlangan oʻq otish binolari bunyod etilishi, sportchilar zamonaviy uskunalar bilan taʼminlanishi va kelgusida harbiylar oʻrtasida oʻq otish sport turi boʻyicha “Mergan kubogi” va yoshlar oʻrtasida mamlakat birinchiligi oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, federatsiyaning asosiy eʼtibori Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan olimpiada oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli oʻrinlarni egallashiga qaratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid