platina.uz
Sport

Avazjon Karimov Sport vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

U tayinlovgacha vazir maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 

Avazjon Karimov Sport vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Karimov Avazjon Qudratillayevich Sport vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori eʼlon qilindi.

Tayinlovga qadar Avazjon Karimov Sport vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avazjon Karimov 1983 yil 19 mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016 yilda esa Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutini tamomlagan.

Faoliyatini 2006 yilda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasida boshlagan va qishki va kompleks texnik sport turlari hamda ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorat maktablari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Olimpiada zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ishlagan.

2020 yil 12 oktabrda Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari etib tayinlangan, keyinchalik Turizm va sport vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid