platina.uz
Jamiyat

Transport xizmatlari koʻrsatish dinamikasi oʻsib boryapti

Havo transportida yoʻlovchi tashishlar soni 13 mln.dan oshib ketgan, keyingi yilda 15 mln.dan oshirish rejalashtirilgan.

Transport xizmatlari koʻrsatish dinamikasi oʻsib boryapti
Foto: Platina.uz

Tahliliy maʼlumotlarga koʻra, 2024 yil yakuni boʻyicha sohada ijobiy oʻsish dinamikasi saqlab qolindi;

  • Transport xizmatlari hajmi 2017 yilga nisbatan 3,7 barobarga oshib, 134,3 trln soʻm (oʻtgan yilga nisbatan 108,8 foiz) ni tashkil etilishi kutilmoqda.
  • Yoʻlovchi tashish hajmi 2017 yilga nisbatan 28,0 foizga oʻsib, 6,9 mlrd nafar (oʻtgan yilga nisbatan 106,3 foiz) yoʻlovchi tashilishi kutilmoqda.
  • Yuk tashish hajmi 2017 yilga nisbatan 41,0 foizga oʻsib, 1,47 mlrd tonnani (oʻtgan yilga nisbatan 105,1 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.
  • Transport xizmatlari eksporti 2017 yilga nisbatan 76,4 foizga oʻsib, 1,70 mlrd dollar bajarilib, oʻtgan yilga nisbatan 110 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

2024 yil boshidan hududlardagi tadbirkorlar tomonidan atrof-muhitga zarari kam siqilgan gazda harakatlanadigan 421 ta avtobus (74 ta elektrobus) va 496 ta mikroavtobus olib kelinib, yoʻnalishlarga biriktirildi. Joriy yil yakuniga qadar yana 32 ta ta avtobus, 20 ta elektrobus va 50 ta mikroavtobus olib kelinishi kutilmoqda.

Hozir hududlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan 500 ta avtobus xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilgan boʻlib, shundan 269 ta avtobus xarid qilish (249 ta avtobus va 20 ta elektrobus) boʻyicha mablagʻlar oʻtkazilgan.

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimida yangi moliyalashtirish tizimi joriy etilib, brutto-shartnoma asosida tashkil etilib, brutto-shartnoma tizimiga oʻtkazish ishlari toʻliq yakunlandi.

Toshkent shahri jamoat transportida elektron toʻlov tizimi joriy etilib, hozirgi kunda yoʻlkiraning metroda 100 foizi, avtobusda esa 70 foizi elektron toʻlov shaklida amalga oshirilmoqda.

2024 yilning mart oyida “Toshkent yer usti halqa metro liniyasining II bosqichi qurilishi” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan 2 ta bekatdan iborat uzunligi 3,6 km boʻlgan “Quruvchilar-Qipchoq” qismi ishga tushirildi.

2017-2024 yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 70,8 kmga, bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetkazildi.

Bundan tashqari:

  • 2019 yilda 5 ta (20 ta vagon), 2021 yilda 10 ta ( 40 ta vagon), 2024 yilda 14 ta (56 ta vagon) xarakat tarkiblari olib kelindi. Metropolitenning jami xarakat tarkiblari soni 78 ta (313 ta vagon)ga yetdi. 2025 yilda Toshkent metropoliteni uchun 14 ta yangi poyezdlar (56 ta vagon) olib kelinadi.
  • Bu oʻz navbatida metropoliten xarakat tarkiblari parki yangilanishiga, xarakat tarkiblari oraliq intervali 2-4 daqiqaga qisqartirish imkoniyatini yaratdi. Natijada, Toshkent metropolitenida 2022 yilda kunlik oʻrtacha 375 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, joriy yilda kunlik 1 mln yoʻlovchi tashishga erishildi.
  • 2024 yil davomida temir yoʻl transporti infratuzimalarini rivojlantirish borasida tezyurar poyezdlar harakat yoʻnalishini kengaytirish va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish boʻyicha “Buxoro-Urganch-Xiva” 465 km.lik temir yoʻl uchastkasi toʻliq elektrlashtirildi va elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyalarining ulushi 48 foizga yetkazildi.
  • Temir yoʻllarini elektrlashtirish loyihalari doirasida zamonaviy qurilmalar va energotejamkor texnologiyalar oʻrnatilishi natijasida atrof-muhitga zararni kamaytirishga va ekspluatatsiya harajatlarini 30 foizga kamaytirishga erishildi.
  • 2025 yilda Buxoro-Urganch-Xiva uchastkasini elektrlashtirish loyihasidan tejalgan mablagʻ hisobiga Miskin-Nukus (196 km) uchastkasini elektrlashtirish boshlanadi va 2026 yil yakuniga qadar yakunlanadi.
  • “Oq-koʻprik” stansiyasida 2 ta yangi elektrlashtirilgan 5 va 6-qabul qilish-joʻnatish yoʻli toʻliq qurilib, stansiyaning oʻtkazuvchanlik qobiliyati 30 foizga (40 ta juft poyezd) oshirildi.
  • Uzunligi 80,2 km boʻlgan “Shovot-Qoraoʻzak” temir yoʻl liniyasi va Amudaryo ustidan oʻtuvchi qoʻshma koʻprik qurib, foydalanishga topshirildi. Natijada, qoʻshma koʻprikdan kuniga 12 mingta avtomobillar va 24 juft poyezdlar qatnovini amalga oshirish imkoniyati yaratildi hamda temir yoʻl orqali yuk va yoʻlovchilarni tashish masofasi 240 kmga, yuk tashish tezligi esa 6 soatgacha qisqartirishiga erishildi.
  • Yuk vagonlar parkini yangilash boʻyicha, joriy yilda 1 006 ta yuk vagonlar ishlab chiqarildi. (“Quyuv mexanika zavodi” AJda – 654 ta va “Andijon mexanika zavodi” AJda – 352 ta). Yoʻlovchi vagonlar parkini yangilash boʻyicha, joriy yilda 30 ta yangi yoʻlovchi vagon ishlab chiqarildi hamda 245 ta yoʻlovchi vagon taʼmirlandi.
  • Shuningdek, aviatsiya bozori erkinlashtirilishi hamda sohaga xususiy sektorning kirib kelishi natijasida, rezident aviakompaniyalar soni 16 taga yekazildi.

2024 yilda 16 ta qoʻshimcha havo kemalari olib kelinib, milliy aviatsiya parkidagi havo kemalar soni 85 taga yetkazildi. 2025 yil davomida yana 10 ta havo kemalarini olib kelinib havo kemalar parki sonini 95 taga yetkazish koʻzda tutilgan.

2024 yilda jami aviaqatnov soni 110 mingtaga yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +122% (xalqaro 73.18 ming +123%, mahalliy 30.91ming +121%), 2025 yilda umumiy soni 123,4 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Avia yoʻnalishlari soni 195 taga (177 ta xalqaro, 18 ta mahalliy) yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +116%, 2025 yilda 209 taga yetkazish prognoz qilindi.

Mahalliy yoʻnalishlarda haftalik aviaqtanovlar Toshkent-Termiz 14 tadan 23 taga, Toshkent-Buxoro 10 tadan 21 taga, Toshkent-Urganch 14 tadan 22 taga, Toshkent-Fargʻona 7 tadan 12 taga oshirildi.

Shu bilan bir qatorda, Zomin, Qoʻqon va Shahrisabz aerodromlari rekonstruksiya qilindi hamda ularni mamlakatning xalqaro aerportlari bilan bogʻlovchi yoʻlovchi tashish aviaqatnovlari yoʻlga qoʻyildi.

2025 yilda Andijon, Sariosiyo hamda Zarafshon aerodromlari taʼmirlanib yangi mahalliy yoʻnalishlarda aviqatnovlarni yoʻlga qoʻyish hamda olis hududdagi aholini uzogʻini yaqin qilish rejalashtirilgan.

Toshkent viloyati hududida yiliga 40 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradigan va kelgusida yoʻlovchi hamda yuk tashish boʻyicha tranzit xabga aylanadigan “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti”ni qurilishi loyihasining TIAsi ishlab chiqiladi.

Havo transportida tashilgan yoʻlovchilar soni 13,19 mln.ga yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +126% (xalqaro 10.78 mln +125%, mahalliy 2.41 mln +127%), 2025 yilda ushbu koʻrsatkich 15,3 mln yoʻlovchiga yetishi kutilmoqda.

Yuk va pochta tashish hajmi 89,50 ming tonnagacha yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +125% (xalqaro 88.78 ming +124%, mahalliy 0.72 ming +126%), 2025 yilda 95 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid