platina.uz
Jamiyat

Toʻlov-kontraktlarni toʻlash muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi

Bu 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchun amal qiladi. 

Toʻlov-kontraktlarni toʻlash muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi

OTMlarda toʻlov-kontrakt pulini toʻlash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

Bunga Davlat qabul komissiyasining bayoni asos boʻlgan. Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2024 yil 31 dekabri (shu kuni ham) yetib belgilandi:

- toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiu oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Bu 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid