Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozorida mashina olomon ustiga haydalishi sabab bir necha kishi halok boʻlgandi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning Magdeburg shahrida yuz bergan fojia oqibatida insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Frank-Valter Shtaynmayerga taʼziya yoʻlladi.
"Oʻzbekiston rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada shifo topishini tiladi", deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Bild gazetasiga koʻra, Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozorida sodir boʻlgan hodisada 11 kishi halok boʻlgan.