platina.uz
Jahon

OAV: Tramp hokimiyatga kelgach Ukrainani qoʻllashda davom etadi

Bundan tashqari AQShning saylangan prezidenti Yevropa davlatlarini mudofaa uchun koʻproq pul ajratishga majburlamoqchi. 

OAV: Tramp hokimiyatga kelgach Ukrainani qoʻllashda davom etadi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda davom etadi, deb yozadi Financial Times manbalarga asoslanib.

Nashr suhbatdoshlariga koʻra, bu pozitsiyani Trampning eng yaqin yordamchilari Yevropaning yuqori martabali amaldorlari bilan muzokaralar chogʻida bildirgan.

Bundan tashqari, Tramp jamoasi Yevropa rasmiylariga saylangan prezidentning NATO davlatlaridan mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qilish rejalari haqida aytgan.

Tramp YaIMning 3,5 foiziga rozi boʻlishi mumkin. Boshqa manbaga koʻra, bu raqam 5 foizni tashkil etadi. Donald Tramp, shuningdek, "mudofaa xarajatlarining oshishini Qoʻshma Shtatlar bilan savdoning yanada qulay shartlari taklifi bilan aniq bogʻlashni" rejalashtirmoqda, deya qoʻshimcha qildi FT nashri suhbatdoshlari.

NATOning Yevropa aʼzolari Donald Tramp prezidentlikka kelishi arafasida mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foizidan 3 foizigacha oshirishni muhokama qilishmoqda.

Oʻzining birinchi muddatida (2017 yildan 2021 yilgacha) Tramp NATOning ayrim davlatlarini, jumladan Chexiya va Ispaniyani mudofaa xarajatlari koʻrsatkichlaridan ortda qolayotganini tanqid qilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid