platina.uz
Jamiyat

Germaniyada BMW odamlar ustiga haydaldi: 11 kishi oʻlgani aytilmoqda

Hodisa Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozorida sodir boʻlgan. 

Germaniyada BMW odamlar ustiga haydaldi: 11 kishi oʻlgani aytilmoqda

Germaniyada haydovchi mashinani odamlar ustiga haydadi: 11 kishi oʻlgani aytilmoqda.

Germaniyaning Magdeburg shahridagi Rojdestvo bozorida mashina olomon ustiga haydalishi oqibatida kamida 11 kishi halok boʻldi, 80 ga yaqin kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Bild gazetasi.

Qora BMW ekanligi taxmin qilinayotgan mashina olomon orasidan 400 metr masofani bosib oʻtdi, deb yozadi AFP.

Xabar qilinishicha, gumondor qoʻlga olingan. Rasmiylar hozirgacha faqat ikkita oʻlimni tasdiqladi.

Odamlarni urib qochganlikda gumon qilingan shaxs ushlangan. U 50 yoshli Saudiya Arabistoni fuqarosidir. 2006 yilda Germaniyaga kelgan va shifokor boʻlib ishlagan.

Saksoniya yeri hokimi Rayner Xazeloffning aytishicha, olomon ustiga mashina haydash qasddan qilingan deb gumon qilinmoqda. Hozirda hujumchining sheriklari borligiga ishonish uchun asos yoʻq, deya qoʻshimcha qildi u.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid