platina.uz
Jahon

AQSh IShID yetakchisi Abu Yusuf oʻldirilganini eʼlon qildi

Qoʻshma Shtatlar Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM)ga koʻra, jangari Suriya sharqidagi amaliyotda yoʻq qilingan. 

AQSh IShID yetakchisi Abu Yusuf oʻldirilganini eʼlon qildi

IShID guruhi yetakchisi 19 dekabr kuni AQSh aviazarbasi natijasida yoʻq qilingani aytilmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

"19 dekabr kuni AQSh Markaziy qoʻmondonligi Suriyaning Deyr-az-Zor viloyatida IShID yetakchisi Abu Yusufga, shuningdek, Mahmud nomi bilan mashhur yetakchi boʻlgan joyga havodan zarba berdi", — deyiladi nashr.

Terrorchilarga berilgan zarba natijasida IShIDning yana bir aʼzosi yoʻq qilindi, deya taʼkidladi Amerika qoʻmondonligi.

Bundan tashqari, CENTCOM Qoʻshma Shtatlar va uning ittifoqchilari uchun xavf tugʻdiradigan terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish boʻyicha keyingi choralarni ham ochiqlagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid